Ramazon fidyasini qachon ado qilish kerak?
Savol: Ramazon fidyasini qachon ado qilish kerak?
Javob: Ramazon ro’za tutuvchilar, fitr sadaqasini, Ramazon bayramigacha ado qilib bo’lish kerak. Bu kun Shavvol oyining birinchi kuniga to’g’ri keladi.
Majburiy fidya (fitr sadaqa) Ramazon oxirida to’lanadi, chunki ro’zador kishi, har bir kun tutgan ro’zasiga hisoblab beradi. Yo’lchi yoki bemorligi sababli ro’za tuta olmaganlar ham, qoldirgan har bir kuni uchun fidya beradilar, chunki bu, Allohning ularga bergan imkoniyati va yengilligidir. Yo’chiligi tugashi yoki xastaligi tuzalishi bilanoq Ramazon ro’zasini qoldirgan kunlarini o’rnini to’ldirib bergandek, fitr sadaqasini ham to’ldirib berishi shart.
Ramazon fidyasi, Alloh taolo mo’minlarga Ramazon oyidagi ummati Muhammadga bergan ba’zi yengillik (1) va xususiyatlarga qarshi shukrona (2) bo’ladi, Ramazondagi yo’l qo’yilgan xatolarga kafforat (3) bo’ladi va muhtojlarga yordam(4) bo’ladi.
Ramazon fidyasi bu uch toifa insonlarga majbur qilinmagan: 1) Voyaga yetmaganlar. 2) O’ta qattiq xasta bo’lgan bemorlar. 3) Yoshi ulug’ qariyalr. Chunki , bu ikki toifa insonlar Ramazonda ham undan keyin ham ro’za tutishga kuchlari yetmaydi. Bulardan boshqa barcha Musulmonlar, Ramazon ro’zasini to’liq tutishlari va har bir kun uchun fidya berishlari kerak. Yuqorida aytib o’tilganlarni Baqara surasi 183, 184, 185 va 187- oyatlari o’z ichiga oladi.
Ваш комментарий