ФАТВА
Qur’onda taroveh namozi haqida aytilganmi?

Qur’onda taroveh namozi haqida aytilganmi?

Qur’onda taroveh namozi haqida aytilganmi?

Savol: Qur’onda taroveh namozi haqida aytilganmi?
Javob: Baqara surasining 183,184,185 va 187-oyatlarida, Ramazon ro’zasi haqidagi barcha aaronu sifatlari haqida to’liq bayon qilib berilgan, lekin bu oyatlarda taroveh namozi haqida bayon qilinmagan.

Ramazon oyi kechalaridagi masjidlarda jamoat bo’lib o’qilayotgan taroveh namozlari, go’yoki Alloh taolo Muhammad alayhissalomga Qur’onda buyurganidek va bu amal farz ekanidek ado qilinadi. Agar bunday bo’lganda, bu haqda Qur’onda bayon qilingan va Muhammad alayhissalom ham sahobalarni to’lplab masjidda o’zigan bo’lar edi. Ammo Qur’onda keltirilmagani va Muhammad alayhissalom ham bu ishni qilmaganiga qaramay, musulmonlar tarafidan bu amalni sunnat deb bilinishi katta muammoga yo’l ochadi. Jumladan shu savol o’rtaga chiqadi: Qur’onda bo’lmagan amalni Nabiy alayhissalom o’zidan to’qib chiqarishi mumkinmidi? Axir u kishi ibodat masalalarida faqatgina oyatdan gapirar edi. Yoki buni Muhamad alayhissalomni nomidan deb sunnatga kirgizishkanmikin? Qur’onda bo’lmagan narsani gapirish oqibatida, Muhammad alyhissalomni shunday jazo kutar edi:
            “Agar (payg’ambar) Bizning nomimizdan (Biz aytmagan) ba’zi so’zlarni to’qib aytganda edi, albatta, Biz uning o’ng qo’lidan tutgan, so’ngra uning shohtomirini uzib tashlagan bo’lur edik. U holda sizlardan biror kishi undan (payg’ambardan halokatni) to’sa oluvchi bo’lmas edi.”

Ваш комментарий

Новые материалы

Наши социальные сети